Antropopopatizm

Antropopatizm - (yunoncha - odam va ehtiros, mayl) - odam psixikasi xususiyatlari hayvonlarga, o‘simliklarga va tabiat hodisalariga o‘tadi deb tasavvur qilish. Bu terminni 19-asr oxirlarida nemis etnografi F.Shulse fetishizm mohiyatini ifodalash uchun qo‘llagan, biroq ilmiy adabiyotda kamdan-kam ishlatiladi. Ma’nosi jihatdan yaqinroq bo‘lgan antropomorfizm termini ko‘proq qo‘llaniladi. Antropopatizm timsol, personifikasiya, animizm kabi tushunchalarga ham o'xshab ketadi[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 40.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search